22.10.2023 677

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim nima? U nega kerak?

O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’lim 2 xil:

Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;

Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimlaridan iborat.

Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

Doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

Bu darajalarni olish uchun dissertatsiya himoya qilish talab qilinadi.

Bo'lishmoq: