26.03.2021 1470

Ommaviy axborot vositalari va “yangi media” zamonaviy siyosiy qarama-qarshiliklarda

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 26-mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasida aloqa bo‘yicha ekspert Davut Gazi Benli hamda O‘zJOKU rektori Sherzodxon QUDRATXO‘JA ishtirokida videokonferentsaloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Ommaviy axborot vositalari va ‘yangi media’ zamonaviy siyosiy qarama-qarshiliklarda” mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishda universitet rahbariyati, bakalavr bosqichi talabalari va professor-o‘qituvchilar ham qatnashdi.

Ushbu master klassda XXI asr boshlarida Yaqin Sharqda yuz bergan mojarolar misolida OAVlar va ularning siyosiy parokandalikka bo‘lgan munosabati muhokama qilindi. Bundan tashqari, Gazi Benli nima uchun Yaqin Sharq doimo kun tartibtda ekanligi, mojarolarning asosiy sababi nima bo‘lishi mumkinligi haqida ommaviy kommunikatsiya yo‘nalishi eksperti sifatida tahlil va sharh berdi. Mutaxassis bu borada olib borilgan tadqiqot natijalarini talabalar bilan bo‘lishdi. Suhbat jarayonida yangi medialar va jurnalistikada ro‘yo berayotgan so‘nggi tendensiyalar, sharq mamlakatlari OAV faoliyati, g‘arb davlatlarining axborot siyosatlari borasida tahlil ham o‘rin oldi.

40 daqiqa davom etgan ushbu dars o‘zbek tilida olib borilgan bo‘lib, dars so‘ngida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

Ma’lumot uchun, Davut Gazi Benli ikki yil davomida Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida aloqa va matbuot maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan. U ingliz, nemis, arab va o‘zbek tillarini biladi.

Bo'lishmoq: