22.11.2023 906

“Ommaviy axborot vositalarida til va uslub masalasi: tahlil, tasnif, qiyos” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Bugun xabar berganimizdek, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiylar universitetida “Ommaviy axborot vositalarida til va uslub masalasi: tahlil, tasnif, qiyos” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Mazkur konferensiya O‘zbekistonda medialingvistika sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi hamda mahalliy va xorijlik olimlar, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya va boshqa mamlakatlardan kelgan olimlarning ilmiy g‘oyalari va tajribasini birlashtiradi. O‘zbekistonda medialingvistika sohasida nazariyotchi va amaliyotchi olimlar tomonidan chop etilayotgan ilmiy maqolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari uchun mazkur konferensiya materiallari amaliy yordam beradi.

Bo'lishmoq: