04.09.2021 1078

O‘qishning ilk kuni uchun O‘zJOKU talabalariga tavsiyalar!

O‘qishning ilk kunida O‘zJOKUga talabalar o‘zlari bilan qanday hujjatlar olishlari kerak?

Avvalroq xabar berganimizdek, 6-sentabr kuni universitetda birinchi kurs talabalari uchun o‘quv yilining ochilishi va tanishtiruv darslari bo‘lib o‘tadi.

Tadbirga va umuman universitetga o‘quv dargohiga mos holda, tartib bilan kiyinib kelish, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport), o‘qishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni o‘zi bilan olish va universitet madhiyasi matni bilan tanishib kelish tavsiya etiladi!

Universitet binosi Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Markaz 5 dahasi 88-uy manzilida joylashgan. O‘zJOKU madhiyasining matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin!

Universitet sizni kutmoqda, orzularingiz sari bo‘lgan yo‘lda kech qolmang!

Bo'lishmoq: