28.10.2023 409

Ozarbayjondan salomlar!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakulteti dekani Shaxnoza Taylakova, kafedra mudirlari professor Nazira Toshpo‘latova, dotsent Gulsanam Xasanova 2023-yil 25-28 oktabr kunlari Ozarbajonda "Turkiy dunyo san’at va kommunikatsiyalar xalqaro simpoziumi" forumida o'z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

Professor-o’qituvchilarimiz Baku davlat universiteti rektori Elchin Babayev taklifiga binoan "O‘zbek jurnalistikasi tarixi, rivojlanish bosqichlari va bugungi holati" haqida o‘zbek tilida ushbu universitet talabalariga mahorat darsi o‘tib berishdi.

Forum haqida: "Uch kun mobaynida bo‘lib o‘tgan ma’ruzalar taqdimoti nafaqat yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoniyatini beradi balki, qardosh millatlar va davlatlarning do‘stlik, hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi" - dedi Shaxnoza Taylakova

Bo'lishmoq: