08.02.2024 767

O'zbek olima ayollari oilada ham, jamiyatda ham o'rnak bo'lishi kerak!

Bugun 2024-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “O‘zbek ilm-fan rivojida xotin-qizlarning o‘rni, an’analar va tajribalar” mavzusida Respublika seminari tashkil etildi.

Seminarda universitet rahbariyati professor-o‘qituvchilari, talaba-qizlar respublikamizning yetakchi olima, ziyolilari, xorijda faoliyat olib borayotgan yosh olimlar ishtirok etdi. Anjumanda, olima ayollarning jamiyat rivojlanishidagi o‘rni, xalqaro miqyosdagi ilm-fanda muvaffaqiyatga erishishi, yosh olimalarning ilm-fandagi ishtiroki, jadid ma’rifatparvarlarining xotin-qizlar huquqi, bilim olishi, jamiyatdagi muhim o‘rni xususidagi ilg‘or qarashlari, ilm –ma’rifatli ayol-qizlar-jamiyat ravnaqining poydevori, imkoniyatlar va xorijiy tajriba mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Olima ayollarning ilmiy faoliyatlarini ommalashtirishda ijtimoiy tarmoqlarning muhimligi, ommaviy platformalarda ilmiy izlanishlarini berib borishlari zamon talabi ekanligi bildirildi.

“Sizning ilmiy izlanishlaringizni faqat tor doiradagi kichik konferensiyalardagi ishtirokchilari emas, balki, keng omma bilishi kerak” – Nozima Muratova Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, donsent.

Bo'lishmoq: