16.02.2019 1266

O'zbekiston-Koreya Media Konferensiya-2019

OSIYO QADRIYATLARINI QAYTA KAShF ETIB
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlikda 2019-yil 15-fevral soat 11:00 OSIYO QADRIYATLARINI QAYTA KAShF ETIB (Rediscovery of Asian values) deb nomlangan O‘zbekiston – Koreya Xalqaro ilmiy Media Konferensiyasi-2019 o‘z ishini boshladi. 
Media Konferensiya Osiyo mintaqasi va uning ommaviy axborot vositalarining xalqaro kommunikatsiya jarayonlarida ishtiroki va roli, zamonaviy OAVning bugungi kundagi yutuqlari, muammolari, rivojlanish tendensiyalarining muhokamasiga bag‘ishlanadi. 
Konferensiya doirasida:
1. Bosma OAV va ularning transformatsiya jarayonida duch kelayotgan o‘zgarishlari;
2. Teleradiojurnalistikaning Osiyo mamlakatlarini birlashtirishdagi o‘rni va roli; 
3. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar sohasining rivoji;
4. Internet jurnalistikasi va zamonaviy mass mediada kutilayotgan o‘zgarishlar mavzulari ko‘rib chiqildi. 
Media konferensiyada dunyoning top yuztalik va top besh yuztalik reytingidan o‘rin egallagan universitetlar, masalan, Sungkyunkvan universiteti, Donkuk universiteti, Suvon universiteti professorlari, O‘zJOKU professor-o‘qituvchilari, O‘zDJTU vakillari, universitet tayanch doktorantlari va boshqa universitet vakillari ma’ruza qildilar. 
Konferensiya davomida sohaga oid videorolik ko‘rsatildi. Ushbu videorolik asosida ikki universitet vakillari o‘zaro fikr almashdi. Yangi g‘oyalar o‘rtaga tashlandi. Jurnalistikaning bugungi kundagi yutuq va kamchiliklari dolzarb muammolari aytildi. 
Konferensiya so‘ngida ma’ruzachilarga universitet ma’muriyati tomonidan sertifikat berildi.
Konferensiyaga ommaviy axborot vositalari vakillari va O‘zJOKU, O‘zMU, O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Bo'lishmoq: