27.08.2019 2254

O'zJOKU 1-kurs talabalarini universitetga qabul qildi.

Bugun O'zJOKUda 1-kurs,  2-kurs talabalari va magistrlar uchun "Meeting" tashkil etildi. "Meeting" O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. 

Davlat madhiyasi va universitet madhiyasidan so'ng boshlovchilar talabalarni Mustaqillikni 28 yilligi,  yangi o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan tabriklash uchun universitet rektori Sherzodxon Tojitdinovich Qudratxo'jayevga so'z berdilar. 

Rektor Sherzodxon Tojitdinovich talabalarni tabriklab, ularning o'qishlariga va kelajakdagi ishlariga omad tiladi. Universitet talablari bilan tanishtirdi. Ular yaxshi o'qib bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar borligini ta'kidladi. Talabalarda soha bilan birgalikda xorijiy tillarni bilish ko'nikmasi bo'lsa ko'pgina mamlakatlarda o'qish imkoni borligini aytdi. 

Rektor tabrigidan so'ng talabalarga an'anaviy #Meninguniversitetim #hashtagi 1-kurslarga topshirildi.

"Meeting" nihoyalab, talabalar guruh rahbarlari bilan Mustaqillik darsi uchun xonalarga tarqaldilar. Darsga ko'pgina taniqli jurnalistlar Halim Saidov, Husan Ermatov, Komiljon Shamsiddinov, Tursunali Qo'ziyev, Salim Ashurov, Salim Doniyorov, Karim Bahriyevlar taklif etildi va ular bilan bo'lgan suxbat talabalarda qiziq taassurot qoldirdi. 

Fotograf: Doniyor Shog'ulomov

 

Bo'lishmoq: