19.01.2019 1858

O’zJOKU da o’tkazilgan “SCOPUS ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida ishlash” mavzusidagi seminar-trening.

Joriy yilning 19-yanvar kuni “O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti”ning Ilmiy bo’limi tashabbusi bilan “SCOPUS ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida ishlash” bo’yicha seminar-trening o’tkazildi. Mazkur seminar-treningda “Elsevier”ning Osiyo mamlakatlari bo’yicha mas’ul direktori Aliya Ospanova va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi “Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi” bo’lim boshlig’I Dilnoza Allanazarova hamda O’zJOKU ning ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Nozima Muratova, professor-o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchiar va magistrantlar ishtirok etdilar.

Mazkur seminar-treningni tashkil etishdan ko’zlangan maqad, ilmiy tadqiqot ishi bilan mashg’ul professor-o’qituvchilar va universitet tadqiqotchilariga “SCOPUS” ilmiy-texnik ma’lumotlar ba’zasida ishlashning afzalliklari va usullari haqida ma’lumot berib, ilmiy ishlarning sitiruemostini oshirish va xalqaro jurnalga maqolalar tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar berishdan iborat.

Seminar-trening davomida davomida “Elsevier”ning Osiyo mamlakatlari bo’yicha mas’ul direktori Aliya Ospanova O’zbekiston Respublikasi ilm-fan taraqqiyotiga qaratilayotgan e’tibor hamda mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtalib o’tdi. Jumladan, universitetlar va xalqaro reytinglar strategiyasini yaratish doirasida joriy etilgan “Ilm-fan 2020” dasturi haqida ma’lumot berib o’tdi.

O’zJOKUda ham “SCOPUS” ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatlarining mavjudligi universitet professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilar uchun katta yangilik bo’ldi va seminar trening davomida ishtirokchliar mazkur platformadagi “Mandeley” dasturining texnik imkoniyatlari bilan ham amalda tanishib chiqdilar.

Bizni kuzatib boring!
Facebook: @uzjoku
Telegram: @uzjoku_uz
Instagram: @uzjoku.uz

Bo'lishmoq: