Barchamizga ma’lumki O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hududida karantin qoidalariga to‘liq rioya qilinishi muntazam ravishda saqlanib kelinmoqda. Shunga qaramasdan ayrim talabalar orasidan yengil shakldagi “COVID-19” koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra va koronavirus infeksiyasini talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyatini xabardor qilgan holda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari 2021-yil 12-aprel sanasidan 14 kunlik onlayn o‘quv tartibiga o‘tkaziladi.
Rektor Sherzodxon QUDRATXO‘JA