O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ayni kunlarda xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi.
Bugun rektor Sherzodxon Qudratxo‘ja ushbu mamlakatda joylashgan Osiyo universitetlari reytingida 350 o‘rinda turuvchi Kyungdong universiteti faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.
Ushbu unvon xorijiy professorlarga ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashga qo‘shgan hissalari hamda o‘z sohasi va o‘z ta’lim muassasasini rivojlantirish, amalga oshirgan ulkan ishlarini rag‘batlantirish uchun beriladi.