30.11.2021 548

O‘zJOKU rektori o‘z talabalarini osh bilan mehmon qildi!

Xabaringiz bor avvalgi haftada O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga qarashli My Sweet homeda yashovchi talabalar o‘rtasida pazandalik, ozodalik, mehmondo‘stlik borasida qavatlararo musobaqa tashkil etilgan edi. Ushbu tadbirda universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja qo‘li shirin talabalarning tayyorlagan taomlaridan tanovvul qilib, bunga javoban yaqin kunlarda o‘zim sizlarni osh bilan mehmon qilaman deb va’da bergan edilar. Bugun ana shu va’dasi ustidan chiqib, Sherzodxon Qudratxo‘ja universitet talabalari va jamoasini palov bilan mehmon qildi.
Osh ketidan tadbir talabalarning o‘yin kulgulariga ulanib ketdi.

Bo'lishmoq: