14.04.2021 208

O‘zJOKUda madaniy va kreativ kecha

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar  universitetida noodatiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Universitet rektori Sherzodxon QUDRATXO‘JA universitet yotoqxonasida turadigan talabalar uchun bayram oshi tarqatdi. Ha, bir oz g‘alati eshitilyaptimi? Hayron bo‘lmang: universitet ma’muriyati va talabalar o‘rtasidagi bunday iliq munosabatlar bu yerda odatiy hayot tarziga aylangan.

Xushta’m va lazzatli oshdan keyin esa bugungi oqshomga maxsus taklif qilingan iqtidorli xonanda Ilhom Shohin Abdulatifning qo‘shiqlari davraga fayz kiritdi.

Tadbirda turkiylarning madaniyatiga mansub kuylar yangradi. Xullas, katta stadionlarda bo‘ladigan konsertlardan hech ham kam bo‘lgani yo‘q.

Talabalar esa hordiq onlarini maroqli o‘tkazishdi. Bu, o‘z navbatida, ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bunday ijodiy kechalar O‘zJOKUda har kuni bo‘lishi rejalashtirilgan. Bizni kuzatishda davom eting!

Bo'lishmoq: