24.12.2020 1554

O‘zJOKUda navbatdagi onlayn-konferensiya

2020-yilning 23-dekabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti PR va xalqaro kommunikatsiya kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston xalqaro media imidjining kognitiv aspektlari: nazariya va amaliyot” mavzusidagi onlayn konferentsiyasi o‘tkazildi.

Anjuman doirasida quyidagi mavzular muhokama qilindi: xalqaro media tizimlar va  media muhitning joriy holatini (respublika va xalqaro kesimda) tahlil etish; davlat imidji masalasiga doir yangi yondashuvlarga nazar tashlash, davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining xalqaro jurnalistlar va OAVlari bilan ishlash masalasiga e’tibor qaratish, xalqaro media va jamoatchilik bilan aloqalar tizimida kadrlar tayyorlash masalasi va ta’limi muammolari. Unda yurtimiz oliy ta’lim muassasalari vakillari qatorida “Amerika ovozi” o‘zbek xizmati, BBC o‘zbek xizmat, France Press, Interfax, Sputnik, Sinhua axborot agentliklari, ВГТРК, TRT teleradiokompaniyasi ijodkorlarining ma’ruza qilishlari kutiladi.

Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

- xalqaro media tizimlar va media muhitning joriy holati;

- davlat imidji masalasiga doir yangicha yondashuvlar;

- davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining ishlash usullari va media bilan aloqalari; mamlakat imidjini yaratishda kognitivlik aspekti;

- O‘zbekiston imidji xalqaro jurnalistlar talqinida;

- O‘zbekiston xalqaro media imidjini yaratishda til va uslub imkoniyatlari;

- Xalqaro media va jamoatchilik bilan aloqalar tizimida kadrlar tayyorlash masalasi;

- xalqaro imidj va so‘z erkinligi.

 

Mazkur anjumanda media sohasidagi xorijiy va milliy ekspertlar, OAV vakillari bilan hamkorlik va muntazam muloqot imkoniyati yaratiladi. Anjumanda bildirilgan fikrlar, yangi g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar O'zJOKU xalqaro jurnalistika, axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim dasturlari va kadrlar malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqishda amaliy va nazariy yordam beradi.

 

Mas’ul: M.Gulyamova

Tel: (99)886-86-77

Bo'lishmoq: