07.09.2021 972

O‘zJOKUda o‘qish boshlandi!

Kuni kecha barcha oliy ta’lim muassasalari qatori O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ham o‘zining birinchi kursga qabul qilingan yangi talabalarini kutib oldi. 2021-2022-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimida universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja so‘zga chiqib, talabalarga o‘qish va hayotda kerakli o‘gitlar, maslahatlar berdi. Tadbirda shuningdek, taniqli jurnalistlar, yozuvchi va professorlar ham ishtirok etib, universitet talabalariga o‘qishlari va boshlanajak yangi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Qariyb bir yarim yil davom etgan online tarzdagi ta’limdan so‘ng ananaviy darslarga qaytgan katta kurs talabalarining esa cheksiz quvonchlarini ko‘zlaridan ko‘rish mumkin edi.

6-sentyabrdan boshlangan o‘quv jarayonlarida birinchi kurs talabalari uchun 3 kun davomida tanishtiruv, mustaqillik darslari va ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Darslar har kuni bakalavr bosqichida o‘qiydigan talabalar uchun 8:30 dan, sirtqi yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun esa 13:30 dan boshlanadi. Kechki ta’lim turini tanlagan talabalarimiz esa kech soat 18:00 dan darslarini boshlashadi.

O‘zJOKU o‘zining barcha talablariga yangi o‘quv yilida omad tilab qoladi!

Bo'lishmoq: