28.03.2021 690

O‘zJOKUda “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon QUDRATXO’JA talabalar bilan “Rektor va yoshlar” uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv avvalida rektor talabalar bilan bugun ochiq muloqot bo‘lishini, har bir talaba bilan do‘stona gaplashishni kelishib oldi. Ularning univetsitetdagi ta’lim-tarbiya jarayonida erishayotgan yutuqlari, yuzaga kelayotgan muammolari, ularni yechishdagi takliflarini kun tartibiga masala qilib qo‘ydi.

Rektor so‘z boshida iqtidorli talabalarimiz haqida to‘xtalib o‘tdi. Ularning bugungi yutuqlari tun-u kun qilgan mehnatlarining samarasi ekanligini aytdi:

Bizning universitet ochilganida birinchi yil 101 nafar talaba tahsil olgan. Ularning har biri iqtidorli bo‘lgan. Har birini suhbat asosida saralab olganmiz va har biri jurnalistika sohasidagi professional mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan. Mana bugun mana shu talabalarim soni yil sayin ortib bormoqda. Va men rektor sifatida xohlaymanki, har biringiz sohada kerakli kadr bo‘lib, sohani rivojlantirishda o‘z hissangizni qo‘shishingizni.

Suhbat davomida Ta’lim sifati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada talabalarning takliflari ko‘rib chiqildi. Har bir bo‘lim, dekanat o‘ziga kerakli bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha savollarga javob berdi.

To‘rt soat davom etgan uchrashuvda talabalar rektor Sherzodxon QUDRATXO’JAdan juda ko‘p motivatsiya olishdi. Ayniqsa, rektorning “Ochlik nelarni yedirmas, to‘qlik nelarni dedirmas”, - degan gaplari talabalar uchun juda as qotdi.

Bo'lishmoq: