12.05.2022 459

O‘zJOKUda taniqli jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad mehmon bo‘ldi

Bugun O‘zJOKUda taniqli jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad mehmon bo‘ldi.

Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan tashrif davomida Xurshid Do‘stmuhammad universitet talabalarining ma’naviyatini yuksaltirish hamda ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida universitetga o‘z shaxsiy kutubxonalaridan ko‘plab kitoblarni sovg‘a qildilar.

Mazkur kitoblar O‘zJOKU ARM fondiga talabalar foydalanishlari uchun taqdim etildi.

Bo'lishmoq: