30.11.2021 430

O‘zJOKUning yangi zamonaviy telestudiyasi tez kunda foydalanishga topshiriladi

O‘zJOKU va Turkiyaning TIKA tashkiloti bilan hamkorlikda qurilgan universitet o‘quv studiyasi yaqin kunlarda qayta jihozlanish jarayonidan chiqarilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Turk qardoshlarimiz tomonidan eng so‘nggi texnika va texnologiyalar bilan jihozlanayotgan tele studiya bo‘ylab, kuni kecha universitet rektori professor Sherzodxon Qudratxo‘ja universitet professor-o‘qituvchilari uchun ekskursiya o‘tkazdi.

Tele studiyadagi eng yangi texnikalarni ko‘rgan mutaxassislar jarayondan juda mamnun bo‘ldilar. Yaqin kunlarda studiyaga professional mutaxassislar jalb etilib, to‘liq faoliyat boshlash rejalashtirilmoqda.

Bo'lishmoq: