18.02.2021 1250

“Путешественник” jurnali qanday chop etildi?

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Aleksandra Teryoxina talabalarni “Путешественник” nomli jurnalni nashr etishni taklif qildi. Natijada, talabalar o‘zlarining birinchi bosma nashrlarini yaratishga muvoffaq bo‘lishdi.

Jurnal sirtqi ta’lim shaklining 3-kurs talabalari tomonidan yaratildi. Bu loyihaning asosiy maqsadlaridan biri talabalarni sayohat yo‘nalishidagi ocherk va boshqa “travel” yo‘nalishdagi jurnalistik materiallar tayyorlashga o‘rgatishdir. 

Jurnal yaratish davomida sirtqi yo‘nalishining 3-kurs talabasi Roksana Komalxo‘djayeva The Village uslubida maqola tayyorladi. Uning materiali Qozog‘istondagi hayotiga bag‘ishlangan, sababi Roksana muayyan vaqt davomida Qozog‘istonda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi. Jurnal muharriri Natalya Romanchenko bo‘ldi. O‘z ishida u Namangan viloyatiga qilgan safari va safar davomida olgan taasurotlari bilan mushtariylar bilan bo‘lishgan.

Shuningdek, jurnalda Natalya Morozova tomonidan tayyorlangan ommaviy axborot vositalari nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Nazira Qurbonovna Toshpo‘latova bilan suhbatni ham ko‘rib, o‘qishingiz mumkin.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi barcha talabalarga o‘z loyihalarini amalga oshirishda muvaffaqiyat tilab qoladi!

O‘zJOKU matbuot xizmati

Bo'lishmoq: