20.10.2023 877

Qadring baland bo’lsin, ona tilim!

Bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga 34 yil to‘lishi munosabati bilan O‘zJOKUda tashkil etilgan tantanali tadbir “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” nomi ostida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti dekani Akbar Nuramtov so‘zga chiqib o‘zbek tilining tarixi va kelajagi, uning qadri hayotimizda nechog‘lik ahamiyatli ekani, boshqa tillarni o‘rganish qatorida aslida o‘z ona tilimizni ham mukammal o‘rganishimiz lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda shuningdek universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va albatta talabalari ishtirok etib, til bayramiga bag‘ishlangan chiqishlari bilan barcha yig‘ilganlarni mamnun etdilar!

Bo'lishmoq: