25.10.2023 762

Qobilbek Karimbekovdan mahorat darsi

Bugun taniqli siyosiy sharhlovchi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qobilbek Karimbekov 3-bosqich Bosma OAV jurnalistikasi yo'nalishi talabalari uchun "Siyosiy jurnalistikaning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni" mavzusida mahorat darsi o‘tib berdi.

Qobilbek Karimbekov davra suhbati mobaynida O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o‘rni, yurtimiz va dunyo siyosiy hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda ro'y berayotgan voqealar haqida so‘zlab berdi.

Bo'lishmoq: