30.03.2024 108

“Raqamli dunyoda SMM orqali daromadga chiqish” mavzuida mahorat darsi

Mediamenejment va mediamarketing kafedrasi tomonidan talabalarni IT sohasidagi bilimlarini oshirish, kelajak kasblariga qiziqtirish va raqamli dunyoda daromadga chiqish yo‘llarini o‘rgatish maqsadida mahorat darsi tashkil etildi.

Uchrashuvda — TBC Group Marketing Departementi mutaxassisi Marjona Elmuradova o‘z bilim ko‘nikmalari bilan bo‘lishdi. Shuningdek, tarmoqlarda kontent yaratish, obunachilar bilan muloqot qilish va ularni jalb qilish va ijtimoiy media reklamalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shu bilan birga, SMM hozirgi kunda qanchalik muhimligi, elektron tijorat uchun afzalliklari tushuntirildi hamda yig‘ilganlarga marketing sohasiga oid bilimlar ulashildi.

Bo'lishmoq: