10.09.2022 493

Rasmiy bayonot

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ma’muriyati hozirgina ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan universitetga doir xabar bo‘yicha ichki surishtiruvlarni boshlagan va masala barcha tarafdan to‘liq o’rganilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, universitet tashkil etilganidan buyon bu kabi holatlar O‘zJOKUda kuzatilmagan va universitet jamoasi, ayniqsa, rektori tomonidan talabalarga nisbatan har qanday salbiy munosabat doim qoralanadi.

Biz universitet jamoasi bilan yuqoridagi kabi vaziyatlarga qarshi ekanimizni bildirib, holat bo‘yicha yaqin soatlarda aniq ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz.

Bo'lishmoq: