10.04.2023 449

Rasmiy bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosining birida yuzaga kelgan yoriq yuzasidan RASMIY BAYONOT.

Ushbu yoriq eski va yangi bino orasidagi chok bo‘lib, universitet binosidagi ta’mirlash ishlari vaqtida qurilish uskunalarining ishlatilishi natijasida yuzaga kelgan. Quruvchilar tilida bu issiq va sovuq ta’sirida doimiy harakatda bo‘luvchi ikki bino orasidagi chokdir. Mutaxassislar tilida bu “Температурный шов” deyiladi.

Bu holatning binoning cho‘kishiga aloqasi yo‘q. Chunki eski va yangi binolarning poydevori ham bir-biridan alohida. 

Yoriqning kelib chiqishi va bino devoridagi yoriq xavfining darajasini tegishli tartibda o‘rganish maqsadida mutaxassislar jalb qilingan.

Bo'lishmoq: