10.10.2022 413

Rasmiy bayonot

“Ijarachilar qizlarni kvartiradan haydashmoqda” sarlavhasi ostida e’lon qilingan videolavha borasida RASMIY BAYONOT

Joriy yilning 10-oktabr sanasiga o‘tar kechasi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakultetining, Teleradio jurnalistikasi 1-bosqich talabasi 1996-yilda tug‘ilgan Jumaboyev Husniddin Shuxratbek o‘g‘li o‘zining “GLOBAL TV” (youtube, instagram, tiktok) sahifalarida ijara uylarning narxi ko‘tarilishi yuzasidan sahnalashtirilgan video yuklagan.

Ushbu videoda uy egasi qizlarni uyidan chiqib ketishi va ularning o‘rniga 600 AQSH dollariga ijarachi kutib turganligini aytgan.

Sahnalashtirilgan video kontentni tayyorlash g‘oyasi Kun.uz internet nashrida e’lon qilingan “Xavf ostida yashayotgan ijaradagi qizlar” maqolasidan keyin tug‘ilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu video lavha bir yarim soatdan keyin tarmoqlardan olib tashlangan. Ammo qisqa vaqt davomida ayrim telegram kanallarida tarqagan ushbu videoga nisbatan o‘zgacha tus berilgan.

Aniqlanishicha, bu video Husniddin Jumaboyevning Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan xolasining uyida olingan bo‘lib, undagi ishtirokchilar o‘zining kursdoshlari.

Turlicha sarlavhalar bilan noto’g’ri talqinlar ostida tarqalayotgan video aslida badiiy to’qima, xabarlar esa “fake” ekanligini ta’kidlagan holda, aniq manbaalar bilan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmasligingizni so’raymiz.

Bo'lishmoq: