31.05.2023 283

Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya

Bugun “Audiovizual jurnalistika va zamonaviy texnologiyalar: strategiya, tajriba va istiqbollar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya mavzusi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
— Zamonaviy audiovizual jurnalistika texnologiyalar bilan bog‘liqligining nazariyasi va amaliyoti: umumiy masalalar, nazariy izlanishlar, global va lokal muammolar;
— Zamonaviy audiovizual jurnalistika va texnologiyalarning o‘zaro bog‘liqligi: yo‘nalishlar, metodologiya, amaliyot.
— Zamonaviy O‘zbekiston audiovizual jurnalistikasida texnologiyalardan foydalanish tajribasi: nazariya va amaliyot (O‘zbekiston televideniyesi misolida);
— Zamonaviy O‘zbekiston radiojurnalistikasidan yangi texnologiyalardan foydalanish afzalligi: nazariya va amaliyot;
— Telejurnalist va texnologiya: ijodiy maktablar va mahorat masalalari.

Bo'lishmoq: