16.07.2021 2977

Respublika OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi

2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
 
— respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim — muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
— xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan – “transfer.dtm.uz”.
 
Ushbu elektron “transfer.edu.uz” tizimi orqali arizalarni qabul qilish boshlandi.
 
transfer.dtm.uz orqali arizalarni 15-iyul 22:00 dan boshlab ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
 
Bo'lishmoq: