12.03.2020 2157

TIKA rahbari O‘zJOKUda

Bugun TIKA tashkiloti rahbari Jemalittin Tuney va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga tashrif buyurishdi. Universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev universitet o‘quv jarayoni, hududi va rejalashtirilayotgan yangi loyihalar: tele- va radiostudiyalar bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Ilmiy ishlar bo‘yicha universitet prorektori hamda Medianazariya va amaliyoti kafedrasi mudiri Nazira Toshpo‘latova TIKA vakillari bilan ilmiy loyihalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va bu borada ularda mavjud bo‘lgan loyihalar bilan o‘rtoqlashishdi.

Uchrashuv yakunida Jemalittin Tuney universitetning mehmonlar kitobchasiga o‘z tilaklarini yozib, hamkorligimiz davom etishiga umid qilishini qayd etdi.

Bo'lishmoq: