25.01.2019 1808

Safar Ostonovning O'zbekiston terma jamoasi haqidagi fikrlari

 “O’zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Safar Ostonov futbol bo’yicha milliy terma jamoamiz haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

 “O’zbekiston terma jamoasini o’yini oldingi terma jamoadan farq qiladi. O’yinida o’zgarishlar bor, yangiliklar bor, jamoa kuchaygan. Lekin 6 oy ichida hech qaysi jamoani jamoa qilib bo’lmaydi. Jamoani jamoa qilish uchun ikki yoki uch yil vaqt kerak. Men 10 yildan beri “O’zbekiston Ovozi” gazetasi jamoasini jamoa qila olmayman (kuladi). O’ziga yarasha muammolari bor. Bu murabbiy yaxshi, aqlli va bilimli murabbiy. Men misol uchun Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov kabi murabbiylar bilan ko’p gaplashganman. Hammasini o’ziga yarasha bilimi va tajribasi bor. Meni nazarimda Ektor ulardan yuqori darajada. Qarashi, futbolni tushunishi, taktikalari kuchli. O’tgan kungi o’yinda ozgina omad kelmay qoldi. Bizda darvozabon raqib zarbasini to’sa oldi, agar ikki futbolchimiz zarba berishda xato qilmaganida edi, biz bayram qilardik. Ishonamanki, xudo xohlasa futbolda nishonlaydigan bayramlarimiz hali oldinda.”

Sherzod Nurmatov suhbatlashdi.

Bo'lishmoq: