23.06.2022 2450

Sherzodxon Qudratxo‘ja Maktabgacha ta’lim vazirligining Jamoatchilik kengashi raisi etib saylandi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruv raisi, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja bugun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Jamoatchilik kengashi raisi etib saylandi.

Professor Sherzodxon Qudratxo‘jani yangi mas’uliyatli lavozim bilan tabriklab, ularga kelajak avlod tarbiyasida muhim bo‘lgan ushbu faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Shu o‘rinda, Sherzodxon Qudratxo‘ja maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha mavjud muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va ularni bartaraf etishda har jihatdan yordamga tayyor ekanlarini bildirib qolamiz.

Bo'lishmoq: