09.04.2020 1544

Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)

Sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Keshdan uncha uzoq bo‘lmagan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida barlos urug‘iga mansub bo‘lgan bek Tarag‘ay Bahodir oilasida dunyoga keldi. Temur yoshligidan bilimga tashna bo‘lishi bilan birga harb ilmiga qiziqqan, otlarni juda sevgan va mohir chavandoz bo‘lgan. Amir Temur juda olijanob qalb egasi bo‘lgan. U Movarounnahrdek buyuk davlat tuzgan. Eron, Turkiya, Hindiston kabi yirik davlatlarda ilm-ma‘rifat, madaniyatni targ‘ib etgan. Qizil O‘rdaning istilochilik hukmronligiga barham bergan.

Amir Temur iqtisodiy mustahkam, xalq manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tuzdi.

Amir Temur buyuk siyosatchi, sarkarda, o‘z davrining buyuk davlat arbobi bo‘lgan. Uning shiori – “Kuch – adolatdadir”, degan purma‘no hikmat bo‘lgan.

Amir Temur 27 ta katta-kichik tarqoq shaharlarni birlashtirib, qudratli davlat tuzdi.

Amir Temur davlatining poytaxti – Samarqand shahri bo‘lib, juda obod va chiroyli shaharga aylantirildi.

U Samarqand, Buxoro va Turkistonda tarixiy obidalar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Obodonlashtirish ishlarini olib bordi.

Bo'lishmoq: