22.05.2023 349

Sun’iy intellekt muammolarga yechim bo‘la oladimi?

Bugun Internet jurnalistika va mediamenejment fakultetining tashabbusi bilan “Sun’iy intellekt va biz: muammolar va istiqbollar” mavzusida mediakonferensiya oʻtkazildi.

Mediakonferensiyaning asosiy mehmoni Birinchi oʻzbekcha sun’iy intellekt asoschisi Anvar Narzullayev bo‘ldi.

Tadbirda talaba-yoshlar va mutaxassislar: “Fotografiya va sunʼiy intellekt”, “Jurnalistika va rekreativ sohalarda sunʼiy intellekt”, “Dizaynda sunʼiy intellekt”, “Sunʼiy intellekt va ijod (mualliflik) muammolari” kabi mavzularda fikr-mulohaza yuritdi.

Shuningdek, 3-bosqich talabasi Diyora Toshpo‘latova “Tibbiyotda sun’iy intellektning o‘rni” mavzusida taqdimot qildi. Sun’iy intellekt tibbiyotda kasallikni tahlil qilish jarayonida inson omilidan ko‘ra kamroq xato qilishi hamda to‘g‘ri tashxis qo‘yishi haqida aytib berdi.

Bo'lishmoq: