02.04.2021 1394

Talabalarning an’anaviy mediakonferensiyasi

Innovation Media Lab-2021

- Ijodkor talabalarning jurnalistikaga oid innovatsion g‘oyalari va loyihalari taqdimoti;

- Talaba o‘z taqdimotida yangi loyiha va g‘oyalar bilan ishtirok etadi, ekspert guruhi tomonidan g‘olib deb e’lon qilingan jamoa moddiy rag‘batlantiriladi;

- Loyiha uchun Universitetning Innovatsion jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratiladi.

Loyiha mezonlari:

1. Kamida 3 kishidan iborat ishbilarmon, kreativ fikrlay oladigan, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishni maqsad qilgan jamoaning mavjudligi;

2. Kichik loyihaning yaratish imkoniyati mavjudligi;

3. Texnologik jihatdan yangiligi, tushunarli va qiymat taklifiga ega bo‘lishi;

4. Ko‘zlangan natija aniq masalalarni yechishga yo‘naltirilganligi va undan olinadigan foyda.

Yo‘nalishlar:

1. Bosma OAV;

2. Televideniye va radio;

3. Internet;

4. Mediadizayn;

5. Mediamarketing va reklama;

6. SMM;

7. Harbiy jurnalistika;

8. Fan-ta’lim;

9. Axborot texnologiyalari;

10. Siyosatshunoslik.

Ishtirokchilar qanday bosqichdan o‘tadilar:

1. Online anketani to‘ldirish

2. Muvaffaqiyatli o‘tgan medialoyiha mualliflari bilan suhbat/taqdimot

3. Mentorlar bilan ishlash

4. Taqdimot kuni (Loyihani rivojlantirish uchun sarmoya olishlari mumkin)

Eng innovatsion, kreativ va ommabop deb topilgan loyihalar eng kamida 2 mln so‘mdan boshlab pul mukofoti va homiylarning sertifikat, qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.

03.04.2021dan 15.04.2021 ga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Tanlovda:

- O‘zJOKU;

- O‘zDJTU;

- O‘zMU va boshqa Universitet talabalari;

- Andijon mediata’lim texnikumi;

- Samarqand transport kommunikatsiyalar texnikumi o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

 

Quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Media konferensiya haqidagi batafsil ma’lumotlarni yuklab olish.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

@UzJOKU_iqtidorli_talabalar

@Sitora_Oybekovna

Bo'lishmoq: