27.08.2023 724

Tayinlov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Rayimjonov Ravshan Zokirovich O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori etib tayinlandi.

Ravshan Rayimjonov 1978-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.

U 1995-yilda Toshkent davlat universitetining bakalavr yo‘nalishini, 1999-yilda O‘zbekiston milliy universitetining magistratura mutaxassisligini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

U mehnat faoliyatini 2001–2003-yillarda O‘zbekiston milliy universiteti “Uslubiyat va tahrir” kafedrasi o‘qituvchiligidan boshlab, katta o‘qituvchi, dekan muovini, kafedra mudiri, Ekspert fikri ijtimoiy tadqiqotlar markazi bosh ilmiy xodimi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.

Bo'lishmoq: