23.01.2019 1623

Toshkentdagi xazina...

  Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi eski bino yerto’lasidan qiymati 1 mln dollardan ortiq bo’lgan xazina topilganligi va bu xazinani tadqiq etish ustida O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti arxeologlari ish olib borayotgani haqida xabarlar tarqagan  edi. Keyinchalik O’zFA axborot xizmatining ma’lumot berishicha, hozirda bu ish ularga tegishli emas. Eksponatlarni qidirish bo’yicha O’zbekiston Milliy universiteti  tarix fakulteti ishlar olib bormoqda. Shu sababli biz aynan o’sha yerdan ma’lumot olishga harakat qildik. “Xazina aynan bir hududdan topilgan emas. Uni olimlar bir nechta joydan topishgan. Bu uch-to’rt yil davomida olib borilayotgan izlanishlardan biri edi. Hozirda bu ish O’zMU tarix muzeyi xodimlari tomonidan o’rganilmoqda. Xazinani topgan ham aynan shular. Boshqa ma’lumotlarni, tadqiqotlarimiz tugaganidan so’ng berishimiz mumkin bo’ladi” – deydi universitet tarix fakulteti dekani Alisher Mo’minov. “Aynan Toshkentning qaysi qismi ekanligi haqida biror ma’lumot bera olasizmi,” -- degan savolimizga u kishi “buni aytishim mumkin emas”, deb javob qaytardilar. Menimcha, bu hamma ish yakunlanganidan keyin oshkor qilinadi.

  “Daryo.uz”ning xabariga ko’ra, bu xazinani 1920-yillarda rus boylaridan Nikolay Dimo yurtimizga olib kirgan. Buyumlar  tarkibida  tarixiy qo’lyozmalar, kitoblar, zargarlik buyumlari, asbob-skuna va diniy anjomlar bor, deb yozilmoqda. Lekin hali rasmiy ma’lumot noma kiritilganicha yo’q.

O’zJOKU talabasi

Asliddin Sabriddinov

Bo'lishmoq: