23.11.2022 238

“Wikioromgoh”ning 2-mavsumiga start berildi

“Wikioromgoh”ning 2-mavsumiga start berilmoqda. Unda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetidan 16 nafar talabalar qatashishmoqda. Ro‘yxatdan o‘tgan talabalarimizning maqolalari sifatli deb topilganlari ushbu “Wikioromgoh“ga yo‘l olishmoqda.

Loyiha 23-30-noyabr kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da bo‘lib o‘tadi.

Unda Vikiadministratorlar tomonidan mahorat darslari, taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar, maroqli hordiq va boshqa ajoyib qiziqarli o‘yinlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Talabalarimizga oromgohda yuqori o‘rinlarni egallashlarini tilab qolamiz.

Bo'lishmoq: