Mamlakatimizda yurt tinchligi, el faravonligi, vatan ravnaqi yo’lida olib borilayotgan islohot va o’zgarishlar tahsinga sazovordir. Mehnat sharoiti yaxshi bo’lgan joyda, albatta, qilinayotgan ishlarning barchasi unumli, natijali bo’ladi. Qaratilayotgan e’tiborga yarasha “rahmatlar samarasi” yaratiladi.
Yanvar oyining 15-sanasida Yunusobod tumanidagi Ichki ishlar bosh boshqarmasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi binosida brefing bo’lib o’tdi. Unda mamlakatimizdagi ko’plab ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda O’zbekiston Jurnalistika va ommaniy kommunikatsiyalar universiteti talabalari ishtirok etdi. Brefing davomida barcha qatnashuvchilar binoning yangilangan ko’rinishi, qayta jihozlangan xonalari hamda xodimlarning ish faoliyati bilan tanishtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida “Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilkka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimi” joriy etilgan edi. Yaqinda qaytadan rekonstruksiya qilinib, ta’mirdan chiqarilgan Yunosobod tumanidagi 7-sonli Ichki ishlar bo’linmasida ham shunday tizim yaratildi. Pasport xizmati, psixolog faoliyati, tez tibbiy yordam, jinoyat qidiruv bo’linmasi, navbatchilik qismi hamda yana boshqa ko’plab bo’limlar joriy etildi. Alohida tergov xonalari ham tashkil qilindi. Oldin bu jarayon tergovchining o`z xonasida bo`lib o`tgan bo`lsa, hozirda maxsus jihozlangan, gezel oynalari o`rnatilgan xonalarda amalga oshiriladi. Quvonarlisi, bu yerda xotin-qizlar bilan yaqindan ishlash uchun ayol inspektorlar faoliyati ham yo’lga qo’yildi.
-“Biz bir oy davomida mahallalar bilan hamkorlikda voyaga yetmagan qizlar, farzandini kimningdir qaramog’iga uzoq muddatga tashlab ketayotgan ayollarga tushuntirish ishlarini o’tkazdik. Buning natijasida, turli jinoyatchiliklarning oldi olindi. Bo’limimizga oilaviy muammolar bo’yicha istalgan ayol murajaat qilishi mumkin. Fuqarolarga xodimalarimiz tomonidan kerakli bo’lgan barcha ma’naviy-psixologik yordam ko’rsatiladi. Ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi”, - deydi Xotin-qizlar masalalari bo’yicha profilaktika katta inspektori, mayor Maqsuda Xo’janarova.
Kadrlar masalasi bo`yicha Toshkent shahar ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish markazi tashkil etildi. Uning yordamida ishga kirish uchun hujjat topshirgan shaxs qirq kun ichida natijani bilishi mumkin. Chuqur yuridik bilimga ega profilaktika inspektorlarini tayyorlash maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan Toshkent Davlat yuridik universiteti qoshida alohida filial tashkil etildi.
“Bo`limizda qutqaruv xizmati, yong`in xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam mashinalarining voqea joyiga birgalikda yetib boorish tizimi yo`lga qo`yildi. Bu birinchi navbatda vaqtni tejaydi v aba`zi ko`ngilsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi, ”-deydi Pod-polkovnik Yo`ldoshev Qudrat Abduvahobovich.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko’ra, 2018-yilda jami jinoyatlar 14 030tadan 7 148 taga yoxud 49,0 foizga kamaygan. Jinoyat sodir etilmagan mahallalar soni esa, 2017-yilga nisbatan 6,5 barobarga yoki 9 tadan 59 taga ko’paygan. Jinoyatlar turi bo’yicha sarhisob etadigan bo’lsak:
- Firibgarlik 2 420 tadan 1 296 taga yoki 46,5 foizga;
- Bezorilik 434 tadan 195 taga yoki 55,1 foizga;
- Transport vositasini olib qochish 56 tadan 46 taga yoki 17,9 foizga;
- Qotillik 69 tadan 61 taga yoki 11,6 foizga;
- O’g’rilik 1 969 tadan 947 taga yoxud 51,9 foizga kamaygan. Tezkor navbatchilik qismiga hududni tun-u kun nazorat qilish imkonini beradigan videokuzatuv tizimi joriy etilgan. Ko’rinib turibdiki, endilikda, jinoyatlar sodir etilishi soni keskin ravishda pasayadi. Bir so’z bilan aytganda, bularning barchasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning natijasidir.
Tadbir yakunida munozara tashkil etilib, qatnashuvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga soha xodimlaridan tegishli javoblarni olishdi.
O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti talabalari:
Diyoraxon Nabijonova
Dilshodaxon Olimova
Bizni kuzatib boring!
Facebook: @uzjoku
Telegram: @uzjoku_uz
Instagram: @uzjoku.uz