Bugun san’at va sayohat jurnalistikasi yo‘nalishi talabalari hamda manbashunoslik bilan birga xattotlik san’atiga qiziquvchilar uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Samarqandlik manbashunos olim Umidjon Rustamov Shohi Zinda majmuasidagi durdona bitiklar haqida so‘zlab berdi. Ushbu majmuadagi eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi (xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur) devori, peshtoq va qabr toshlardagi xattotlik san’ati bitiklari o‘rganish natijasida orttirgan bilimlarini talabalarga ulashdi.
Mahorat darsida uzoq yillardan beri xattotlik san’ati bilan shug‘ullanib, uning sir-asrorlarini shogirdlariga o‘rgatib kelayotgan Habibullo Solih xattot san’atining kelib chiqish tarixi haqida so‘zlab berdi.