18.10.2023 430

Xitoyning rasmiy davlat axborot agentligi Sinxuaning MDHdagi vakillari O‘zJOKUda

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 1931-yilda Xitoyning Tszyansi provinsiyasining Ruyjin shahrida Qizil Xitoy axborot agentligi sifatida tashkil topgan Sinxuaning MDH bo‘yicha byurosi vakillari kelishdi.

Sinxua MDH kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori Chjan Yongmin boshchiligidagi delegatsiya universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Kutubxona, tele va radio studiyalarda bo‘lishdi.

Delegatsiya Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sanjar Rashidov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nozima Muratova hamda O‘quv ishlari bo'yicha prorektor Ravshan Rayimjonov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Chjan Yongmin axborot agentligining mamlakat matbuoti, televideniye va radiosiga mamlakat va xorij hayotiga oid turli mazmundagi xabar va maʼlumotlar yetkazib berishi haqida aytib o‘tdi.

Ma’lumot: Sinxua xitoycha 新華社 - Yangi Xitoy axborot agentligi ma’nosini bildiradi.

Bo'lishmoq: