Bugun Toshkent shahri Uchtepa tumani hokimiyati tashabbusi bilan nashr etilgan “PR matnlar, o‘quvchini qanday jalb qilish mumkin” nomli kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kitob aslida Rossiyaning “Imij media” nashriyoti asoschisi, “Пресс служба” jurnali bosh muharriri, tadbirkor Timur Aslanov qalamiga mansub bo‘lib, Uchtupa tumani hokimiyati matbuot xizmati rahbari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan va bugun kitob PR sohasi bo‘yicha o‘zbek tilida ma’lumot olishni istovchi o‘quvchilar ixtiyoriga havola etildi.
Shuningdek, ushbu kitob chop etilishida O‘zJOKU rektori, Sherzodxon Qudratxo‘ja ham ishtirok etgan bo‘lib, bugungi uchrashuvda professor o‘zining kitob haqidagi va umuman soha bo‘yicha qimmatli fikrlari, o‘zining matbuot xizmati va kommunikatsiyalar borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Kitob taqdimoti professional uchrashuvga aylanib, yig‘ilganlarda juda katta taassurot qoldirdi.