10.04.2020 1885

Yangi masofaviy kurslar yo‘lga qo‘yildi

Oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun “Masofaviy taʼlimni tashkil etish texnologiyalari” va “Ingliz tilini o‘rganish” masofaviy kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun “Masofaviy taʼlimni tashkil etish texnologiyalari”, “Ingliz tili (Beginner)”, “Ingliz tili (Intermediate)” yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy kurslarda o‘qish imkoniyati yaratildi.

Mazkur masofaviy kurslarning maqsadi professor-o‘qituvchilarning Masofaviy taʼlimni tashkil etish va boshqarish mahoratlarini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek ularning ingliz tilini o‘zlashtirishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishdan iborat.

Masofaviy kurslarda o‘qish uchun professor-o‘qituvchilar o‘zlarining elektron portfolio tizimidagi login va parollari orqali http://mk.bimm.uz/ portaliga kirib, avtorizatsiyadan o‘tadilar.

Bo'lishmoq: