01.06.2023 435

Yangilangan konstitutsiya mohiyati

O‘zJOKU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda Sirtqi bo‘lim o‘zining 1-kurs talabalariga Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Ulug‘bek Hayitov “Yangilangan O‘zbekiston konstitutsiyasi mohiyati: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida ma’ruza qilib berdi.

Unda yangi tahrirdagi konsititusiyaning o‘zgarishlari hozirgi tezkor davrning eng dolzarb talabi ekanini, xalq fikri asosida shakllangan konstitusiyada ko‘proq mehnatkash xalqning ijtimoiy himoyasi, uy-joy muammolari, tibbiyotimizdagi o‘zgarishlar, sud-huquq tizimi islohoti, ta’lim sohasida jiddiy islohot o‘zgarishlar jonli misollar orqali tushuntirib berdi.

Hatto xalqaro huquq fani faqatgina xalqaro jurnalistika yo‘nalishida emas, barcha yo‘nalishlarda o‘tilishi maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi. Shundagina kelajak avlod o‘z huquq va erkinlarini xalqaro daraja bilishi ahamiyatga molik bo‘lishi ta’kidlandi.

Bo'lishmoq: