Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish suv resurslari bo'yicha hamkorlikni amalga oshirish platformasining 6-sonli vazirlar majlisi bo'lib o'tdi.
Bu tadbirning asosiy maqsadi ushbu hamkorlik platformasida amalga oshirilgan ishlarni harhisobini qilish, keyingi 3-4 yillik Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining ekologiyani muhofaza qilish va suv resurslari bo'yicha yo'nalishlarini belgilab olishdan iborat. Tadbirda Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar delegatsiyalari, Moliya institutilari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari va ko'plab xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi va o'zlarining takliflarini bildirishdi. Bildirilgan barcha takliflar to'planib ushbu tadbir xulosasi ko'rinishida hujjat ishlandi va qabul qilindi.
2018-yil 24-avgustida "Xalqaro Orolni muhofaza qilish jamg'armasi" a'zo davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit bo'lib o'tgandi. Bizning Ekologiya sohasidagi eng muhim vazifalaridan bir hisoblangan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, Orol atrofidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik holatni sog'lomlashtirish va shu kabilardir. Ushbu sammitda muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich bir qator fikrlar va takliflar bildirib o'tgan edi. Xususan Orolning qurigan qismini o'rmonlashtirish, u yerdan chang ko'chish darajasini kamaytirish. Undan tashqari Orol bo'yi mintaqasida ekologik innovatsiya zonasini tashkil etish takliflari bor edi. Mana bularning barchasi bugungi konferensiyada ishtirok etgan qo'shni davlatlar vakillari hamda Yevropa Ittifoqi komissiyasi va unga a'zo davlatlar tomonidan qo'llab-quvvatlab ushbu hujjatga kiritildi - deydi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig'i Yunusov Nodirjon.
Tadbir so'nggida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari kelgusidagi Ekologiya bo'yicha bir qancha yo'nalishlarini belgilab olishdi.
Abduxoliqova Robiya