11.10.2021 574

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakili O‘zJOKUda

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida dunyodagi eng yirik mintaqaviy xavfsizlik tashkiloti bo‘lmish - YXHT - Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakili Yegor Tilpunov mehmon bo‘ldi. YXHT saylov jarayonlarining demokratik saylovlar va milliy qonunchilik uchun boshqa xalqaro majburiyatlar va standartlarga muvofiqligini baholash bilan shug‘ullanadi.

Kuzatuvchilar saylovning asosiy jihatlarini, jumladan, nomzodlar va saylovchilarni ro‘yxatga olish, saylovoldi tashviqotining borishi, saylov komissiyalari va davlat organlari faoliyati, saylov qonunchiligiga rioya etish va saylov nizolarini hal qilishni diqqat bilan kuzatib boradilar. Missiya o‘z faoliyati doirasida saylov kampaniyasini ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ham nazorat qiladi.

Tashkilot vakili Yegor Tilpunov universitet bilan tanishib, jurnalist kadrlar tayyorlanishi uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlardan mamnun ekanini izhor qildi.

Bo'lishmoq: