10.04.2020 1105

Diqqat tanlov!

Koronavirus pandemiyasi sharoitida talabalarning taʼtili vaqtida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan 10-aprel buyuk isteʼdod egasi Abdulla Qodiriy tavalludiga bag‘ishlangan talabalar o‘rtasida tanlov eʼlon qilinadi:

- Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan eng yaxshi post.

- Abdulla Qodiriy ijodi va hayotiga bag‘ishlangan eng yaxshi uy sharoitidagi rolik.

- Abdulla Qodiriyning eng yaxshi fotosuratlar jamlanmasi.

(G‘oliblar karantindan so‘ng Abdulla Qodiriyning kitoblar jamlanmasi, jahon adabiyotlari namunalari va boshqa kitoblar bilan rag‘batlantiriladi!)

Tanlovga materiallar 2020-yil 10-apreldan qabul qilinadi. Muddat 3 kun.

Materiallar quyidagi telegram messenjeriga yuboriladi:
90 933 27 77 Laylo Turayeva


Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zingizni shaxsiy profilingiz orqali kuzatib boriladi.

Tanlov natijalari 2020-yil aprel oyi oxirlarida universitetning rasmiy veb saytida eʼlon qilinadi.

Bo'lishmoq: