2019 yil davomida 20 ga yaqin xorijiy universitet, tashkilot vakillari O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida mehmon bo‘lishdi. Tashriflar davomida turli mavzularda o‘tkazilgan davra suhbatlari, seminar-treninglar talabalarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga, dunyo sahnida yuz berayotgan voqealarni teran anglashga xizmat qildi, deb aytish mumkin. Shu bilan bir qatorda, rasmiy uchrashuvlar doirasida imzolangan kelishuv bitimlari, hamkorlik memorandumlari talaba almashish tizimi doirasida talabalarning chet el Oliy o‘quv yurtlarida bilim olish imkonini yaratadi.
2019-yil, yanvar oyi. Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi. Xitoyning favqulodda va muxtor elchisi ushbu mamlakatdagi sohaga oid universitetlar bilan aloqa o‘rnatishda amaliy ko‘mak berishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Fevral oyi. Rossiya A.S.Pushkin nomidagi Leningrad Davlat universiteti. "Yolg‘on axborotlar bilan kurashda zamonaviy PR texnologiyalarning roli" mavzusida qiziqarli faktlar, ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.
Fevral oyi. "UNESCO". Talabalarga “Fakenews”haqida ma’lumotlar berildi.Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
May oyi. Xitoy kommunikatsiyalar universiteti. Kelgusida talabalar va o‘qituvchilar almashish, grant dasturlari e’lon qilish, ilmiy maqolalar to‘plamlari chop etish kabi masalaldarda kelishuvga erishildi.
May oyi. Frantsiyaning Sarbonna universiteti. Chet ellik mutaxassis talabalar teatr guruhiga mashg‘ulotlar o‘tib berishga rozi bo‘ldi.
Iyun oyi. Qolmiq Davlat Universiteti. Ikki tomon o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Avgust. AQSh global media agentligi. “VoiceofAmerica” jurnalistlari faoliyati davomida orttirgan tajribalarini talabalar bilan o‘rtoqlashdi va Amerika jurnalistikasi haqida atroflicha ma’lumotlar berishdi.
Avgust. AQSh Vebster universiteti. Ikki tomon o‘zaro tanishdi va kelgusi rejalar haqida suhbatlashildi.
Sentabr. Germaniyaning DW Academy. Soha bo‘yicha fikr almashindi, doimiy hamkorlik o‘rnatildi, 3 oy davomida “Jurnalistika va mediamenejment maktabi” tashkil etildi.
Sentabr. Ispaniyaning Nebrixa universiteti. Ikki tomon o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Oktabr. O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi Murodilla Alimbaev. Universitet talabalariga xorijiy hamyurtlarimiz hayoti, intelektual salohiyati, turmush tarzi haqida ma’lumot berildi.
Oktabr. Koreya jurnalistlar assotsiatsiyasi. Kelgusida doimiy hamkorlik o‘rnatish kelishib olindi.
Oktabr. Sidney universiteti Bit Jozefi. Sidney universitetining fahriy xodimi Bit Jozefi dunyo jurnalistikasi, sohadagi tendetsiyalar, yolg‘on xabarlar haqida talabalarga lektsiya berdi.
Oktabr. Turkiya elchixonasi Tika agentligi. Turkiya elchisi universitet kutubxonasiga bir qancha kitoblar sovg‘a qildi. Tika agentligi esa telestudiya qilib berishi rejalashtirildi.
Noyabr. Huawei kompaniyasi. Universitet va jurnalistlar bilan Huawei kompaniyasi vakillari tanishtirildi. Yangi texnologiyalarning jurnalistikaga ta’siri haqida suhbatlashildi. Memorandum imzolanishi kelishib olindi.
Noyabr. AQSh elchixonasi. Universitet faoliyati bilan tanishishdi. AQSh elchixonasinig grant loyihalarihaqida axborot olindi va AQSh bilan hamkorlikka erishildi, elchixona vakillari 23 ta ingliz kitoblarni universitet kutubxonasi uchun taqdim etdilar.
Dekabr. Vebster universitetining Toshkentdagi filiali. Bahorda talabalarning mobil videoroliklari festivalini tashkillashtirishga kelishib olindi.
Dekabr. Qirg‘iziston elchixonasi. Chingiz Aytmatov hayoti, ijodi, ko‘pchilikka ayon bo‘lmagan qirralari haqida suhbat qurildi va talabalar uchun ushbu uchrashuv Chingiz Aytmatov shaxsi yana bir bor kashf etildi.
Dekabr. Qirg‘izistonning “Kabar” axborot agentligi. “Kabar” axborot agentligi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi, universitet vakillari tomonidan yozgi oromgohni Issiqko‘lda tashkil etish taklifi berildi.
Dekabr. Seul tibbiyot markazi prezidenti. Maqsad: O‘zaro tanishuv, hamkorlik aloqalari o‘rnatish.