Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi 2018 yil Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti tarkibida tashkil topgan. Kafedra mudiri etib, siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirg‘izboev tayinlangan.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2023 yil 29 avgustdagi №196-o‘ sonli Qaroriga muvofiq “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy” fanlar fakulteti tarkibiga kiruvchi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi negizida mutaxassis kadrlar chiqaruvchi alohida “Siyosiy fanlar” kafedrasining faoliyati 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan fakultetda mavjud bo‘lgan “Psixologiya” va “Sotsiologiya” ta’lim yo‘nalishlari o‘quv fanlari Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tarkibida qoldirildi.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2023 yil 29 avgustdagi №196-o‘ sonli Qaroriga muvofiq kafedra mudiri etib sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent vazifasini bajaruvchi Qayumov Qahramon Nozimjonovich tayinlandi.
2022-2023 o’quv yilida kafedra tarkibida sotsiologiya va psixologiya bakalavriat ta’lim yo’nalishlari ochilgan.
Kafedraning asosiy vazifasi o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy va ma’rifiy ishlar, shuningdek tegishli muammolarni talabalar bilan muhokama qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish, talabalarda mustaqil tadqiqot olib borish bo’yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, zamonaviy bosqichdagi ijtimoiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish, talabalarga mustaqil ta’lim olish, sotsiologik va psixologik bilimlarni oz’lashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Kafedraning ilmiy mavzusi: Sotsiologiya va psixologiyaning dolzarb muammolari.
2023-2024 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilarining tarkibi:
Umumiy shtat birligi |
9.5 |
Asosiy shtatda |
|
Fan nomzodi, dotsent |
2 |
Fan nomzodi, katta o’qituvchi |
1 |
Falsafa doktori (PhD) |
2 |
Katta o‘qituvchilar |
2 |
O‘qituvchi |
2 |
Ilmiy salohiyat |
55% |
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tarkibi:
O’QUV ISHLARI
Ijtimoiy-gumaitar fanlar kafedrasida Davlat ta’lim standartiga muvofiq tarzda quyidagi fanlar o‘qitiladi:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi: 60311000 – Sotsiologiya
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi: 60310900 – Psixologiya
(faoliyat turlari bo’yicha)
Shuningdek, barcha ta’lim yo’nalishlari uchun falsafa va dinshunoslik fanlari ham kafedtra professor-o’qituvchilari tomonidan olib boriladi.
O‘QUV-USLUBIY VA ILMIY TADQIQOT ISHLARI:
2023-2022 o‘quv yili yarim yilida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2 ta monografiya, 5 ta OAK jurnallarida, 5 ta impakt faktor jurnallarida va 10 yaqin xalqaro va mahalliy konfrensiyalarda maqola va tezislar nashr qilindi.
Shu bilan birga universitetmiz va kafedra Istanbul tijorat universiteti bilan 2023 yilda memorandum imzoladi. Unga ko‘ra kafedra sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish, adabiyotlar tarjimasini amalga oshirish, shu bilan birga akademik almashinuvni, halqaro grant loyihalari, malaka oshirish masallarini amalga oshirishni rejalashtirgan.
Kafedra tarkibida 2 ta bakalavriat yo’nalishida kunduzgi, sirtqi va kechki 60311000 – Sotsiologiya, 60310903 – Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) yo‘nalishlari mavjud.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan 2024-2025 o‘quv yilining oktyabr oyida “Sotsiologiya va psixologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamda davriy to‘plam chop etiladi.
Shuningdek, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bir qator hamkor tashkilotlar bilan aloqa o’rnatgan bo’lib, bular: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, O‘zbekiston SOS bolalar mahallalari Uyushmasi, Respublika «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Respublikadagi sotsiologiya va psixologiya o‘qitiladigan oliy ta’lim muassasalari SamDU, FarDU, NamDU, GulDU, BuxDUlar.
MANAVIY-MARIFIY ISHLAR:
Kafedra professor-o’qituvchilari universitetmiz tomonidan tashkillashtirilayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelmoqdalar. 2023 yil 25 oktyabrda Respublika Volontyorlari ishtirokida uchrashuv tashkillashtirildi. Talabalar qiziqtirgan savollarga javob oldilar.