Munavvarqori Abdurashidxonov, Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, “Ona tilisiz va milliy matbuotsiz dunyoda hech bir millat taraqqiy va madaniyat yo‘liga qadam qo‘ymaydi”.
Abdurashidxonov Munavvar qori 1878-yil Toshkentning Shayxontohur dahasidagi Darxon mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, 20-asr oʻzbek millim matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir.
Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlimtarbiyani onasidan olgan. Soʻng Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Toshkentga qaytib, imomlik va muallimlik bilan shugʻullangan. Eshonquli dodxoh madrasasida tahsilni davom ettirgan. 1901-yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1904-yildan ijtimoiysiyosiy, madaniy xayotga aralasha boshlagan.
Munavvar qori 1906-yil “Xurshid” birinchi gazeta nashriyotini ochadi. Keyinroq u yerdagi “Najot”, “Kengash” gazetalarida muharrir, “Sadoyi Turkiston” gazetasida esa bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritadi.
Munavvar qori Abdurashidxonov o‘zbek teatri asoschilaridan biri. U teatr yordamida “buzuq odatlar” va ularni tuzatishni ko‘rsatgan. Uning truppasi “Turon” deb nomlangan. Truppa 1914-yildan 1924-yilga qadar faoliyat ko‘rsatgan.
Munavvar qori 1917-yil fevral revolyutsiyasidan so‘ng Turkiston xalq demokratik davlatining yaratilish g‘oyasini ochiqdan-ochiq ifoda qiladi. U Qo‘qonda yaratilgan “Turkiston Muxtoriyati”ni qo‘llab-quvvatlaydi. 1918 yil aprel oyida Turkiston davlat universiteti rektori etib tayinlanadi. 1918-yil “Turk o‘chog‘i” ilmiy-ma’rifiy jamiyatini ochadi.
Munavvar qori 20-yillar “Milliy ittifoq” va “Milliy istiqlol” yashirin tashkilotlariga boshchilik qilgan.
20-yillar o‘rtalarida repressiya kuchayadi va Munavvar qori barcha lavozimlardan chetlatilinadi. Biroq, bu ham uni mustaqillik g‘oyasini ilgari surishiga to‘sqinlik qila olmadi.
Hamza, Elbek, Oybek, Akmal Ikromov, Abdulhay Tojiyev, Salimxon Tillaxonov, Qayum Ramazon, Bahrom Haydariy, Mannon Uyg‘ur kabi madaniyat arboblari, adabiyotshunoslar, olimlar Munavvar qorining o‘quvchilari bo‘lishgan.
U 1929-yil hibsga olingan va 1931-yil otib tashlangan. Moskva shahridagi Vagankovo qabristoniga qo‘yilgan.