Universitet rektori

Universitet rektori

Sherzodxon Qudratxo‘ja Tojiddinxon o‘g’li

Sherzodxon Tojiddinxon oʻgʻli Qudratxoʻja – jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi, professor, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, „Xalqaro press klub“ NNT raisi (2017—2022), zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi.

Faoliyati

1996—1998-yillar – Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Axborot direksiyasi muharriri, siyosiy sharhlovchisi;

1998—1999-yillar – Oʻzbekiston Teleradiokompaniya Xalqaro koʻrsatuvlar direksiyasi direktori;

1999—2000-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi va xizmati rahbari;

2000—2005-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati bosh konsultanti;

2005—2008-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot kotibi;

2008—2012-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Internet jurnalistika va informatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi;

2012—2013-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Internet jurnalistika va informatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri;

2013—2016-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Uslubiyat, tahrir va internet jurnalistika kafedrasi dotsenti;

2016—2017-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Raqamli ommaviy axborot vositalari kafedrasi dotsenti;

2017—2018-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Matbuot nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri;

2017—2022-yillar – Xalqaro Press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti raisi;

2017—yildan hozirga qadar – Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti;

2018—yildan hozirga qadar – Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori

2019—2024-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining jamoatchilik asosidagi aʼzosi

2022—yildan hozirga qadar — Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi

2022—yildan hozirga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Jamoatchilik kengashi raisi

Mukofotlari

2019-yil – „Oltin qalam“ milliy mukofoti Gran-pri sovrindori;

2019-yil – „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi;

2020-yil – „Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni sohibi;

2020-yil – „Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist“ faxriy unvoni sohibi;

2022-yil – „2021-yilning Media Lideri“.