O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi 2020-yil 28-avgustda tashkil topgan. Kafedrada bugungi kunda jurnalistika ta’lim yo‘nalishida “Chet tili (sohaga yo‘naltirilgan chet tili), “Amaliy xorijiy til”, “Ikkinchi xorijiy til” kabi fanlar bo‘yicha chuqur va zamon talablariga mos bilim berilmoqda. Kafedraning asosiy vazifasi o‘quv, o‘quv-uslubiy masalalari, ma’naviy va ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlar, shuningdek tegishli muammolarni talabalar bilan muhokama qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish, talabalarda mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish, zamonaviy bosqichdagi siyosiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish, talabalarga mustaqil ta’lim olish uchun ko‘maklashishdan iborat.
O‘quv ishlari
Kafedraning pedagog xodimlari tomonidan bakalavriyat va magistratura ta’lim yo‘nalishi talabalariga amaliy mashg‘ulotlar quyidagi fanlar bo‘yicha olib boriladi:
“Amaliy xorijiy til”;
“Chet tili (sohaga yo‘naltirilgan chet tili);
“Ikkinchi xorijiy til”.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fanlardan o‘quv adabiyotlari to‘liq ta‘minlangan. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar doimiy ravishda yangilanib turiladi. Universitetning axborot resurslari markazida barcha mavzular elektron versiyalarda taqdim etilgan.
2022-2023-o‘quv yilida kafedraga biriktirilgan 9 nafar magistratura yo‘nalishi talabalari magistrlik dissertatsiyalari ustida izlanish olib bormoqdalar.
Kafedrada bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlar:
“Chet tili (sohaga yo‘naltirilgan chet tili),
“Ikkinchi xorijiy til”;
“Amaliy xorijiy til”.
Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar
Kafedraning ilmiy salohiyati - 13 % ni tashkil etadi. Kafedra a’zolaridan 2 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
Kafedra pedagog-xodimlarining o‘rtacha yoshi 35 yosh. Kafedra pedagog-xodimlari tomonidan universitetda faoliyati davomida xalqaro SCOPUS, WEB of Science da 10 ta ilmiy maqola, xorijiy Impact Faktorga ega jurnalda 40 ta maqola, OAK mahalliy jurnalda 20 ta maqola, xalqaro miqyosida 50 dan ortiq tezislar tayyorlangan.
Kafedra tomonidan Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi hamda TDSHU huzuridagi Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti o‘rtasida memorandum tuzildi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan belgilangan reja asosida korxona, tashkilot va muassasalarda turli mavzularda ma’ruzalar o‘tkazib kelinmoqda.
Prezidentimizning 2021 yil 19 maydagi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNI OMMALASHTIRISH FAOLIYATINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH CHORA-TADBIRLARI TO‘GʻRISIDA qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida qator chora-tadbirlar belgilangan. Bulardan biri xorijiy tillarni o‘rgatadigan til markazi. Ushbu Til Markazimiz universtitet mablag‘lari hisobdan bitkazildi hamda foydalanishga topshirildi. Til markaziga bevosita Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari jalb qilingan. Xozirda Xorijiy tillar kafedrasida 40 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Barcha o‘qituvchilar C1 darajadagi til bilish sertifikatiga ega. Til markazida 10 yaqin tillar o‘qitilmoqda. Bular: o‘zbek, ingliz, nemis, fransuz, ispan, arab, turk, xitoy, koreys tillari, rus tillari. Til markazimizda jami 8 ta auditoriya bo‘lib, 120 nafar talabaga til o‘rgatishni bir vaqtni o‘zida qamrash imkonini beradi. Barcha xonalar zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan, tilni o‘rganishga va o‘qitishga barcha sharoitlar mavjud.